Tramp telefonidan ayrildi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Trampning kutilmaganda Afg‘onistonga tashrif buyurgani, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan ham muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga yashirin safari chog‘ida telefon va Twitter’dan foydalana olmagan. 

Ta’kidlanishicha, signallar chiqaruvchi qurilmalar samolyotda Afg‘onistonga uchayotgan har bir kishidan, hatto, Trampdan ham musodara qilingan. Bu doim "Twitter bilan ovora bo‘lgan" Prezidentning hech narsa e’lon qilmasligi va uning kuzatuvchilarida Afg‘onistonga safari to‘g‘risida shubha tug‘ilmasligi uchun qilingan.

Tramp bir necha bor xavfsizlik xizmatlarining e’tirozlariga qaramay shaxsiy telefonidan foydalanishda davom etishni talab qilgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing