Tuxumni qanday iste’mol qilgan foydaliroq?

Salomatlik

image

Har kim o‘z ta’biga ko‘ra tuxumni suvda qaynatib yoki yog‘da qovurib iste’mol qiladi. Ikkisi ham mazali. Unutmang tuxum qancha ko‘p pishaversa tarkibidagi shuncha ko‘p foydali mikroelement ham o‘lib boraveradi. 

Nonushtada ham sarig‘i yumshoq pishirilgan tuxumni iste’mol qilgan ma’qul. Bolalar va qariyalarning oshqozoni qattiq pishirilgan tuxum sarig‘ini hazm qilishga qiynalishini yodda tuting. 

Unutmang!

Agar tuxumda yoriq paydo bo‘lsa, uni tuzli suvda pishirishni maslahat beramiz.Suvda pishgan tuxumning yetilganini aniqlash uchun uni aylantirib ko‘rish kifoya. Yaxshi aylangan tuxum pishib yetilgan bo‘ladi.

Tuxumni chaqmay turib, uning yangi yoki eskiligini aniqlash mushkul. Faqatgina uni bir stakan sovuq suvga solgach, aniq to‘xtamga kelsa bo‘ladi. Suvga tuxumni soling, agar u cho‘ksa, demak, yangi, suv yuzasiga qalqib qolsa, eski.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing