Turkiya chempionatidagi salbiy holat bo‘yicha 300 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Sport

image

Turkiya chempionati doirasidagi “Trabzonspor” – “Fenerbaxche” uchrashuvidan so‘ng 300 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Trabzonspor” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

“Fenerbaxche” bilan o‘yindan keyin sodir bo‘lgan voqealar bilan bog‘liq holda yozma va vizual OAVda klubimizga qarshi qaratilgan va shubha ostida bo‘lgan nashrlar aniqlandi. Yuridik kengashimiz 347 ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi va 5 sport sharhlovchisiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Klubimizga qarshi asossiz ayblovlar qo‘ygan shaxslar adolat oldida javob berishi uchun jarayonni oxirigacha kuzatib borishimizni jamoatchilikka ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, klub shikoyat qilishda Turkiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga tayanganini qayd etgan.

17 mart kuni “Fenerbaxche” milliy chempionatning 30-turidan o‘rin olgan safarda “Trabzonspor”ni mag‘lub etdi (3:2). Final hushtagi yangragach, “Fenerbaxche” futbolchilari g‘alabani maydon markazida nishonlay boshladi, bu esa maydon egalari muxlislariga yoqmadi. Ular maydonga tushdi va mehmon klub futbolchilari bilan janjallashdi.

Ma’lumot uchun, “Fenerbaxche” Turkiya chempionati turnir jadvalida 79 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Trabzonspor” esa 49 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Fenerbaxche Trabzonspor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing