Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

Olam

image

Turkiya G‘azo sektoridagi SAXAL harbiy amaliyoti tufayli Isroildan mahsulot olib kirish va eksport qilishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda kecha, 2 may kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Anqara bilan savdo to‘xtatilishi haqidagi ma’lumotni Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats ham tasdiqladi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Turkiyaning ushbu qarori turk xalqi va biznes vakillarining manfaatlarini mensimagan holda, xalqaro savdo kelishuvlarini e’tiborsiz qoldirib, qabul qilinganini iddao qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil zudlik bilan Turkiya bilan savdo qilish uchun muqobil yo‘l yaratmoqchi, yangi yetkazib beruvchilarni  topib, mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirishni boshlamoqchi.

Turkiya statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Turkiya va Isroil o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu miqdorning qariyb 76 foizi Turkiya eksportidan kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvaloroq Turkiya Savdo vazirligi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatib, mintaqaga yetarli miqdorda gumanitar yordamning to‘siqsiz kirishini ta’minlamaguniga qadar Isroilga eksportni cheklashini ma’lum qilgandi. Cheklovlar 9 apreldan kuchga kirdi va 54 toifadagi tovarlar, jumladan, po‘lat, kerosin, o‘g‘itlar, qurilish texnikasi va mashinalarga ta’sir ko‘rsatdi.

Moxinur Umrzoqova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made