Turkiyada Sudan Prezidentining o‘g‘li vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 8 mart kuni Turkiya poytaxti Anqaraning Go‘lboshi tumanida Sudan Prezidenti Abdulfattoh al-Burhonning o‘g‘li Muhammad  al-Burhon Rahmon mototsiklda ketayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir yaralangani haqida xabar bergan edik. Oradan ikki oy o‘tib, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay Rahmon Turkiyada vafot etdi. Bu haqda kecha, 3 may kuni “Haberturk” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yigit baxtsiz hodisadan so‘ng ikki oy davomida reanimatsiyada bo‘lgan. Uning vafoti haqidagi xabar Sudan Prezidenti va uning oilasiga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni HAMAS harakatining siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Sudan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing