Turkiyadagi dahshatli zilziladan hikoya qiluvchi tasvirlar

Tahlil

03

Avval xabar berganimizdek, QALAMPIR.UZ jurnalisti Alibek Beyjanov 2023 yilda Turkiyada yuz bergan dahshatli zilziladan keyingi holatni o‘rganish uchun ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Dastlab zilziladan eng ko‘p talafot ko‘rgan Qahramonmarash viloyati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun qanday ishlar amalga oshirilgani o‘rganildi. 

Endigi manzil Turkiyaning Erzurum viloyati Ispir tumanidagi Akpinar qishlog‘i bo‘ldi. 

Adiyaman shahri hokimligi vakili Mehmet Tiglining ma’lum qilishicha, zilzila vaqtida vayron bo‘lgan uylar o‘rnida nafaqat xonadonlari yo‘q bo‘lib ketgan balki imkoniyati kam ta’minlangan, zilziladan so‘ng uyida yashash xavfli bo‘lgan oilalar uchun ham uylar qurib beriladi. Shuningdek, 90 dan ortiq fuqarolarga kerakli hujjatlari qayta tiklab berilgan. 

Hududdagi zilzila vaqtida yarim qulagan, ammo shu vaqtgacha yiqitilmagan binolar ham bor. Ularning hozirgacha bu holatda turishining asosiy sababi hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari davom etayotgan bilan bog‘liq. Tergov va sud ishlari tugaganidan so‘ng sud qaroriga ko‘ra, u binolarni ham taqdiri aniq bo‘ladi.

Joriy yilning 6 fevral kuni “Asr falokati” – Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida yuz bergan kuchli zilzilaga 1 yil to‘ldi. Ushbu zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lib, uylar, inshootlar vayronaga aylangandi. Ammo shu bir yil ichida viloyatni qayta tiklash ishlari olib borildi va bu hali ham davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erzurum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing