UFC Nurmuhammedovning jangini tasdiqladi

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmuhammedov navbatdagi jangini amerikalik Kori Sendxagenga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yengil vazn toifasidagi jangchilar 3 avgust kuni BAA poytaxti Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC oqshomida to‘qnash keladi. 

Nurmuhammedov oxirgi jangini shu yil mart oyi boshida UFC Fight Night 238 turniri doirasida Bekzod Almaxanga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Sendxagen oxirgi marta o‘tgan yili avgust oyida amerikalik Rob Fontga qarshi oktagonga chiqib, g‘alabaga erishgandi. 

28 yoshli Umar Nurmuhammedov MMA'da 17 ta jang o‘tkazib, 17 tasida ham g‘alaba qozongan. 32 yoshli Kori Sendxagen esa 21 ta jangda 17 ta g‘alaba qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Umar Nurmuhammedov Kori Sendxagen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made