O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat

image

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Bugun, 25 aprel kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqi nomidan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Kuchli zilzila oqibatida 2400 dan ortiq odam halok bo‘lgan. O‘zbekiston zilziladan jabr chekkan Afg‘oniston xalqiga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston insonparvarlik yordami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing