O‘zbekiston U-23 Osiyo kubogi finalida Yaponiya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Kecha, 29 aprel kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki yarim finalda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi indoneziyalik futbolchilardan 2:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, 2-yarim finalda Yaponiya U-23 terma jamoasi xuddi shunday hisobda Iroqni mag‘lubiyatga uchratdi.

Yaponiya-Iroq o‘yinidagi har ikki gol ham birinchi taymda kiritildi. Dastlab 28-daqiqada Maoya Xosoya hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Ryotaro Araki hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shunday qilib, “Kunchiqar yurt” vakillari qit’a birinchligi finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Qayd etish joiz, yarim finalda g‘alaba qozongan har ikki jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endi Iroq-Indoneziya jamoalari 3-o‘rin uchun bahs olib boradi. G‘olib jamoa Osiyo qit’asi uchun ajratilgan Olimpiadaning 3-yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Musobaqada 4-o‘rinni band etgan jamoa Gvineyaga qarshi Parijda pley-off o‘yinini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasidagi final o‘yini 3 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. 3-o‘rin uchun o‘yin esa 2 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yaponiya Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made