O‘zbekiston yonilg‘i importiga qaramlikni kamaytirmoqchi – “Moscow Times”

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida yonilg‘i ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqchi. Maqsad – importga qaramlikni kamaytirish, deb yozadi "The Moscow Times" o‘z manbalariga tayanib.

Qayd etilishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2024 yilda dizel yonilg‘isi ishlab chiqarishni o‘tgan yilga nisbatan 13 foiz – 640,3 ming tonnaga, aviakerosin ishlab chiqarishni 65 foiz – 296,1 ming tonnaga yetkazadi.

"Uzbekistan GTL" zavodi esa 732 ming tonna sintetik dizel yonilg‘isi (13 foizga ko‘p), 302 ming tonna samolyot yonilg‘isi (3 barobar ko‘p), 419 ming tonna nafta (32 foiz ko‘p), 550 ming tonnagacha suyultirilgan gaz (55 foiz ko‘p) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

"O‘zbekneftgaz"ning nashrga bildirishicha, mamlakatda iqtisodiyot, avtopark va aholi farovonligi o‘sishi hisobiga benzin iste’moli 2030 yilga borib 1,65 million tonnaga yetishi kutilmoqda. O‘tgan yilda O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidan 2,0 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari, shuningdek, 346 ming tonna barqaror gaz kondensati import qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston neftni qayta ishlash yonilg'i importi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar