O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi qancha?

Bu qiziq

image

Statistika agentligi O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yosh ekani to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 73,8 yosh bo‘lgan.

2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi:

ayollar uchun – 76,9 yosh;
erkaklar uchun – 72,5 yosh.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 514 nafarni tashkil qilishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Statistika umr yosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing