O‘zbekistonlik futbolchi Ispaniya klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Toshkentning “Lokomotiv” klubi a’zosi 17 yoshli Laziz Mirzayev Ispaniya ikkinchi divizioni Segundaning “Leganes” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda rossiyalik futbol insayderi Ivan Karpov o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hozirda futbolchi Ispaniyada bo‘lib, tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. 

“Leganes” Segundada 31 o‘yindan so‘ng 56 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. Chempionat tugashiga 11 ta o‘yin qoldi va agar Madrid jamoasi La Ligaga chiqishni uddalasa, keyingi mavsumda Mirzayev “Barselona” va “Real”ga qarshi o‘ynashi mumkin.

“Biz o‘zbek iste’dodlarining top chempionatlarga o‘tishini havas bilan kuzatamiz. O‘zbeklar uchun xursand bo‘laylik va shu o‘rinda Abbosga omad tilaymiz, ishonchim komilki, u SSKA uchun hali ko‘p narsa bera oladi”, deyiladi manba xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Laziz Mirzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar