O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori o‘zgarmasligicha qolmoqda

Olam

image

Xitoy hamon boshqa davlatlardan katta farq bilan O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonning Xitoy bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning 11 oyi davomida 12,2 millard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. 

Agentlik O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP - 10 davlatlar rshyxatini e’lon qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSH dollariga yetgan.  

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar ro‘yxatining birinchi uchligini Xitoy (12,2 mlrd AQSH dollari), Rossiya (8,8 mlrd AQSH dollari) va Qozog‘iston (4 mlrd AQSH dollari) egallagan.    

Keyingi o‘rinni esa naq 5 yildan beri savdo aylanmasini 5 millirdga chiqarish ilinjida turgan Turkiya band ettgan (2,8 mlrd AQSH dollari).

Turkiyadan uncha katta bo‘lmagan farq bilan beshinchi o‘rinda Janubiy Koreya Respublikasi (2,1 mlrd AQSH dollari) bormoqda. 

Keyingi beshlikdan o‘rin olganlar bilan tashqi savdo aylanmasi, hatto, 1 milliard AQSH dollariga ham yetmagan. Bular: 

•    Turkmaniston – 970 mln AQSH dollari;

•    Germaniya – 962 mln AQSH dollari;

•    Qirg‘iziston – 878 mln AQSH dollari;

•    Fransiya – 832 mln AQSH dollari;

•    Afg‘oniston – 784 mln AQSH dollari.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi savdo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made