O‘zga yurtda yashab, oilaga ko‘maklashish bilan bog‘liq uchta voqea

Biznes

image

Ba’zida, taqdir taqozosi bilan, yaqinlarimizdan uzoqda bo‘lamiz. Ota-onalar oilasining munosib yashashini ta’minlash maqsadida pul topgani chet elga ketadi yoki ularning farzandlair xorijiy universitetlarga o‘qishga kiradi. O‘zingiz olisda bo‘lsangiz ham, yaqinlaringizga osongina yordam bera olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga pul jo‘natmalari tizimlari orqali 8,4 mlrd dollar kelib tushgan. Chet elda ishlayotgan vatandoshlarimiz shu tariqa o‘z oilalarini ta’minlamoqda, ota-onalariga ko‘maklashyapti, turarjoy va mashinaga pul yig‘moqda.

Ushbu maqolada “Zolotaya Korona”dan “Korona (6+)” ilovasi tezda chet elga pul jo‘natish va chetdan pul olish imkonini berishi haqida so‘zlaymiz.

Saodat, Samarqand, 67 yosh

Katta o‘g‘lim Rossiyada ishlaydi, o‘rtancham – Qozog‘istonda. Ular har oy menga “Zolotaya Korona” orqali pul jo‘natadilar. Oldinlari jo‘natmani olgani bankka borardim. O‘zi yaqin joylashgan, borish qulay. Lekin o‘tgan yili oyog‘imda muammolar yuzaga keldi va yurishim, navbatda turishim qiyinlashdi. Yana esimda, bank mutaxassisi “tizim ishlamay qoldi” deb aytgan paytlari ham bo‘lardi. O‘shanda yo uzoqroq kutishga yoki ertasiga yana borishga to‘g‘ri kelardi.

Baxtimga, nevaram aqlli chiqqan – internetdan qidirib, “Zolotaya Korona” ilovasi borligini aytdi. Telefonda pullarni birato‘lasi kartaga tashlab olishni o‘rgatdi. Ancha qulay bo‘ldi.

“Zolotaya Korona” orqali pulni bankda ham, ilova orqali  mustaqil olish ham mumkin. Ikkinchi usul hech qayerga borish talab etilmasligi bilan qulay: pulni o‘z kartangizga bevosita uy yoki ofisning o‘zida turib tushirib olishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilar talab etiladi:

  • jo‘natuvchi jo‘natmani rasmiylashtirishda oluvchining telefoni va joylashgan mamlakatini ko‘rsatishi;
  • oluvchi “Korona (6+)” mobil ilovasida ushbu raqam ostida ro‘yxatdan o‘tishi.

Oluvchi uchun hech qanday qo‘shimcha komissiya mavjud emas.

Abror, Andijon, 23 yosh

Bir necha yildan beri Irkutskda ishlayman. Ish haqimning bir qismini ayolimga, bir qismini  otamga yuboraman. Oldin otam pulni bank orqali olar edi, keyin pulni boshqa bankka olib borib, omonatga qo‘yardi (u yerda foiz kattaroq). Shu tariqa ota-onam singillarimning to‘yiga pul to‘playdi. Oxirgi marta uyga Yangi yilda keldim. O‘shanda otam bilan bankka bordik, ularga dollarli karta ochdik va men “Zolotaya Korona” ilovasidan foydalanishni o‘rgatdim. Endi pul jo‘natsam, otam mablag‘ni ilovada kartalariga tashlaydilar va o‘sha zahoti onlayn omonatga o‘tkazadi. Endi hech qayerga borishlariga hojat yo‘q. Bu kuz biz singillarimdan birini turmushga chiqaramiz, keyin ikkinchi singlimning to‘yiga pul yig‘a boshlaymiz.

Jo‘natmalarni o‘tkazish muayyan O‘zbekiston banklari chiqargan Uzcard, Humo, UnionPay, Visa, Mastercard (jumladan Maestro) kartalariga mumkin.  Hisoblash valyutasi (so‘m, dollar yoki boshqa) kartani chiqargan bankka bog‘liq bo‘ladi. Agar valyutada omonatlar qo‘ymoqchi bo‘lsangiz yoki chet elda ta’til uchun pul yig‘ayotgan bo‘lsangiz, valyuta kartalari qulay sanaladi. 

Abdumalik, 19 yosh, Toshkent

Men talabaman, kontraktimni to‘lashda menga Botir akam yordam berib keladi. U hozir Krasnodarda yashaydi va har oy ota-onamga “Zolotaya Korona” orqali pul jo‘natadi. O‘tgan yil bir gal Botir akamga ish haqini vaqtida to‘lashmadi, vaqt esa tig‘iz edi. Men to‘lov muddatining oxirgi kunida kontrakt pulini to‘lashga muvaffaq bo‘ldim. “Zolotaya Korona” tizimi tez ishlashi juda o‘rinli bo‘ldi: akam ilovada o‘tkazmani rasmiylashtirdi, men ham ilovaning o‘zida qabul qildim, kartaga o‘tkazdim va kontraktni to‘lashga ulgurdim.  

“Korona (6+)” ilovasi vaqtni tejash imkonini beradi. Jo‘natuvchi ham, oluvchi ham bankka borishi shart emas, chunki barcha amaliyotlarni onlayn bajarish mumkin. Agar naqd kerak bo‘lsa, jo‘natmani O‘zbekistonning ko‘plab banklarida olish mumkin. “Zolotaya Korona” butun respublikada ishlaydi.

Bundan tashqarai, “Korona (6+)” mobil ilovasi orqali jo‘natmalar yuborish uchun komissiya juda manfaatli: agar yuborish va qabul qilish valyutasi boshqa-boshqa bo‘lsa, Rossiyadan O‘zbekistonga, shuningdek O‘zbekistondan Rossiyaga jo‘natmalarni mutlaqo komissiyasiz yuborish mumkin. Bunday holatda jo‘natishga 0% li tarif amal qiladi.

“Zolotaya Korona” pul jo‘natmalarini tez va qulay olish va yuborish uchun “Korona (6+)” ilovasini yuklab oling.

“Platejniy Sentr” RNKO (MCHJ) pul jo‘natmalari operatori, manzil: Rossiya, Novosibirsk sh., Kirov ko‘ch., 86, OGRN: 1025400002968, Rossiya banki litsenziyasi №3166-K, sanasi: 14.04.2014 y. Xizmat haqida batafsil: rnko.ru. “Korona (6+)” ilovasi.

App Store – “Apple Ins” tovar belgisi,
Google Play – “Google LLC”tovar belgisi.

Jo‘natmalarni  muayyan O‘zbekiston banklari chiqargan Uzcard, Humo, UnionPay, Visa, Mastercard (jumladan Mayestro) kartalariga o‘tkazish mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing