Video: Spark'ning kapotida do‘stini “sayr qildirgan” qizga chora ko‘rildi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi yo‘lning harakat qismida Spark avtomobilining kapotida odam bilan harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mashina kapotidagi qiz yigiti bilan janjallashgani uchun shunday qilganini taxmin qilgan.

Toshkent shahar IIBB videodagi odamlarning kimligini aniqladi. Boshqarma Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yilning 23 fevral kuni Nukus ko‘chasida yuz bergan. Avtomobil kapotidagi odam qiz bola emas, o‘g‘il bola bo‘lgan. Spark haydovchisi 20 yoshli Laura Sh. do‘sti Nikolay P.ni avtomobil kapotida “sayr qildirgan”. Ular bu harakati bilan o‘zlarining hayotini xavfga qo‘ygan va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun noqulay vaziyatni yuzaga keltirgan.

Mazkur holat yuzasidan Laura Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi), Nikolay P.ga nisbatan 13-moddasi (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bilan bayonnoma tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing