Yaqin Sharqdagi mojaroni Falastin davlatini yaratish orqali hal qilish mumkin – Si Szinpin

Olam

image

Bugun, 6 may kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Fransiyaga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifida u Yaqin Sharqdagi mojarodan so‘z ochib, bu muammoni Falastin davlatini yaratish orqali hal qilish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlarini “Le Figaro” keltirmoqda.

“Falastin-Isroil mojarosi bizni tashvishga solmoqda. Asosiy yechim mustaqil Falastin davlatini yaratishdir”, deydi Si Szinpin.

Shuningdek, Si Szinpinning aytishicha, tarix shuni ko‘rsatadiki, doimiy beqarorlik asosan BMT rezolyutsiyalari bajarilmagani, ikki davlat tamoyilining yemirilishi va Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonidan chetga chiqish bilan bog‘liq.

Uning fikricha, davlatlar Yaqin Sharqda tinchlikni tiklashga yordam berish uchun hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

Ma’lumot uchun, 6-7 may kunlari Xitoy rahbari Si Szinpin Fransiyada bo‘ladi. U Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, u Serbiya yetakchisi Aleksandr Vuchich va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qilgan edi. Germaniya rahbari xitoyliklardan Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida Moskvaga ta’sir o‘tkazishni so‘radi. Biroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Sholsga Rossiyaga ham, Ukrainaga ham mos keladigan muzokaralar platformasini yaratish zarurligi haqida gapirib, inqirozni tugatish uchun barcha tomonlar harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Si Tszin'pin Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made