Yaponlar yoqilg‘isi tezak bo‘lgan raketa kashf etdi (video)

Texnologiya

image

Yaponiyaning Interstellar Technologies kompaniyasi chorva go‘ngidan olinadigan yoqilg‘i – suyultirilgan biometanda ishlaydigan o‘ziga xos dizayndagi raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Gap shundaki, Interstellar Technologies o‘zining ZERO raketasini 2024 yil yanvar oyida koinotga uchirishni rejalashtirgan. Ushbu muddatga qadar olimlar raketa uchun maxsus dvigatelni ishlab chiqishi va sinovdan o‘tkazishi kerak edi. Ular ushbu vazifaning uddasidan chiqdi. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, dvigatelni sinovdan o‘tkazish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmagan. 

Ma’lumot uchun, Interstellar Technologies xususiy kompaniyasi kelajakda o‘ta kichik sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish uchun mo‘ljallangan ixcham raketalarni tijoriy maqsadlarda ishlab chiqarmoqchi. Kompaniya 2021 yilda o‘zining 2 ta MOMO raketasini fazoga muvaffaqiyatli uchirgandi. Ammo muvaffaqiyatsizliklar ham yo‘q emas. Bugunga qadar kompaniya nosozliklar sabab ketma-ket to‘rtta ishini ko‘ngildagidek yakunlay olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning “Garuda Indonesia” aviakompaniyasi Boeing B737-800 NG samolyotlarida, tarkibida 2,4 foiz palma yog‘i bo‘lgan yangi yoqilg‘ini sinovdan o‘tkazgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

raketa Yaponlar tezak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing