Yerevan Baku bilan tinchlik shartnomasini imzolash uchun siyosiy irodaga ega – Pashinyan

Olam

image

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining asosi va tamoyillari kelishib olindi, Yerevan ushbu hujjatni imzolash uchun siyosiy irodaga ega. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan “The Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Aslida, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining asosi va tamoyillari kelishib olindi va o‘tgan yil oxirida bizga yakuniy shartnoma bo‘yicha so‘nggi kelishuvga juda yaqin qolgandek tuyulgan edi",  deydi Pashinyan.

Bosh vazirning fikricha, kelishuvga Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin erishish mumkin.


"O‘ylaymanki, Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan keyin biz bunga erishamiz. Aytishim mumkinki, Armaniston hukumati avvalgidek mintaqamizda tinchlik o‘rnatish va Ozarbayjon bilan sulh bitimiini imzolash uchun siyosiy irodaga ega”, deya qo‘shimcha qilgan Bosh vazir.

Shuningdek, Armaniston tomoni Ozarbayjonga ozod qilingan hududlaridagi minalangan maydonlar haqida ba’zi ma’lumotlarni  taqdim etgani ochiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 7 dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri devoni tinchlik shartnomasi tuzilishi haqida qo‘shma bayonot bilan chiqqan edi. 


Ozarbayjondagi prezidentlik saylovi esa 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan va unda Ilhom Aliyev 92,05% ovoz bilan g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Pashinyan Erevan tinchlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing