Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi uchun 6 million yevro ajratdi

Jamiyat

image

25 aprel kuni Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatiga qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirish uchun 6 million yevro (taxminan 82 milliard so‘m) ajratdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, grant oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha strategiya hamda dasturlarni byudjetlashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni amalga oshirishga turtki bo‘ldi. Grantdan tashqari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan texnik yordam O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida islohotlarni rejalashtirishda ko‘maklashadi.

“Qishloq-oziq-ovqat sektori O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim va aholi bandligining asosiy manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari iste’mol qiladigan go‘sht va sabzavot mahsulotlarining asosiy qismini oilaviy fermer xo‘jaliklari yetishtiradi. Shu bois, biz ushbu dehqonlarning o‘zgaruvchan iqlim sharoitiga moslashish, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, mahalliy va global qiymat zanjirining bir qismiga aylanish imkonini beruvchi  islohotlarga e’tibor qaratmoqdamiz. Grant mablag‘lari Yevropa Ittifoqining GSP+ kabi boshqa tashabbuslari bilan birgalikda Yevropa Ittifoqiga eksport hajmini oshirishga ham yordam beradi”, deydi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

Barqaror qishloq-oziq-ovqat sektori Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun (2021-2027) ko‘p yillik indikativ dasturining uchta strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Boshqa ustuvorliklarga yaxshi boshqaruv hamda inklyuziv, yashil va raqamli rivojlanish kiradi. 2021 yildan buyon dastur O‘zbekistonga 76 million yevro (deyarli 1 trillion so‘m) ajratdi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda qishloq-oziq-ovqat sektori uchun grantlar ajratish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. 20 million yevro miqdoridagi grantdan tashqari, Yevropa Ittifoqi 2020-2023 yillar oralig‘ida sektor uchun 32,5 million yevrolik byudjet bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan.

Moxinur Umrzoqova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa O'zbekiston qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing