Koronavirusga qarshi vaksinada nojo‘ya ta’sirlar kuzatilyaptimi? 

Olam

image

Koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanayotgan ko‘ngillilarning ba’zilarida kichik nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmoqda. Bunda vahimaga o‘rin yo‘q. Kuzatilayotgan holat barcha vaksinalar uchun odatiy holdir. Bu haqda bugun, 18 sentyabr kuni N.F Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi

"Hozir 800 ga yaqin odam emlandi. Ularda hech qanday jiddiy nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi. Faqat 37,5-38 darajadagi harorat ko‘tarilishi, bel og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, bezovtalik, in’eksiya joyida 14-15 foiz qizarish kabi holatlar yuz berdi. Yuqoridagi holatlar har qanday vaksinada ham kuzatiladi", dedi Ginsburg.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham COVID-19 ga qarshi emlanishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Uning sinovida qatnashgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Koronavirus

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing