Yunusobod metro liniyasida dastlabki burg‘ilash ishlari yakunlandi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning birinchi yo‘nalishida uzunligi qariyb 1,5 kilometrlik burg‘ilash ishlari yakunlandi.

Germaniyadan keltirilgan Herrenknecht rusumli tunnel burg‘ilash texnikasi yordamida 938 komplekt temir-beton halqalar o‘rnatilib, Yunusobod liniyasining “Shahriston” bekati bilan ulanish uchun tayyorlangan maxsus qismiga yetib keldi.

Ayni paytda poytaxtning Yunusobod yo‘nalishida 2-bosqich qurilishi davom etmoqda. Yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi. Bugungi kunda metroning tunnel qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Mazkur yer osti qurilish ishlarida “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasining 67-Ko‘prikqurilish otryadi jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ushbu ob’ektga 180dan ortiq malakali muhandis va mutaxassislar 40ga yaqin zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlarda ish olib borishmoqda. Tunnelning ochiq usuldagi qurilishlari deyarli yakuniga yetkazildi.

Loyiha 2019 yil oxirigacha to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me’morchilik an’analari asosida barpo etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliteni

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing