Yutuber suvda ishlaydigan kompyuter yasadi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

"Perks" YouTube kanali egasi Metyu Perks o‘zining estetik jihatdan hayratlanarli ixtirolari bilan shuhrat qozongan. Uning so‘nggi mahsuloti ham bundan mustasno emas. U suvda ishlaydigan o‘ziga xos kompyuter yasadi. Bu haqda “Yankodesign” nashri xabar berdi. 

Suv ostiga joylashtirilgan qurilma kompyuterning ichki sistemasini optimal haroratda ushlab turadi. Bunda atrofdagi suv uskunani salqin saqlashga yordam beradi. Bir soatlik sinov natijalariga ko‘ra, Intel Core i9 rusumli kompyuterning harorati 60 darajadan oshmadi, RTX 4090 rusumli kompyuter esa 41 darajaga qizidi, xolos. 

Bunday ixtironi yaratish qurilmaning gidroizolyatsiya imkoniyatlarini hisoblash va elektr jihozlarini suvga yaqin joyda ishlatishni talab qildi.

Shuningdek, suvning korpusga kirmasligi va minglab dollarlik kompyuter uskunalariga zarar yetmasligi uchun hamma narsa oxirgi tomchigacha suv o‘tkazmaydigan bo‘lishiga e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada Tokio shahridagi vokzallardan biriga sayohatchilar va yapon tilida yaxshi so‘zlasha olmaydigan aholi uchun “aqlli” monitor o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

suv Yutuber komp'yuter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made