Zelenskiy Qrimni Ukrainaga qaytarishini e’lon qildi

Olam

image

Ukrainaning saylangan Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Qrim Ukrainaga qaytadi, ammo “yo‘l uzoq bo‘ladi”. Bu haqda Zelenskiy bugun e’lon qilgan.

“Men Qrim tatarlarining Vatanini bosqinchilardan qutqarishga ishonaman. Qrimning qaytib kelishiga olib boradigan yo‘l uzoq bo‘lsin, biz uni birgalikda amalga oshiramiz”, deb yozgan Zelenskiy Facebookdagi sahifasida. 

Qrim va Sevastopol rasmiylari 2014 yil 16 mart kuni Rossiya bilan qayta birlashish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazgan edi. Referendumda umumiy saylovchilarning 80 foizdan ortig‘i ishtirok etgandi. Referendum natijalariga ko‘ra, Rossiyaga birlashishni xohlab ovoz berganlar mos ravishda 96,7 va 95,6 foizni tashkil etgan edi.

Ayni vaqtda, Qrimda istiqomat qiluvchi qrim tatarlari soni 260,1 ming nafarni tashkil etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing