Arnold Shvarseneggerga noma’lum shaxs hujum qildi 

Olam

image

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger shanba kuni JAR poytaxti Yoxannesburgdagi atletika bo‘yicha musobaqada hujumga uchragan.

Ushbu hujum tasodifan musobaqani kuzatib turganlardan birining telefoni kamerasida suratga olingan. 71 yoshli aktyor musobaqa ishtirokchilarini suratga olayotgan paytda kimdir to‘satdan ikki oyog‘i bilan uning bel qismiga zarba bergan. Aktyor biroz surilib ketgan, biroq yiqilmagan. Hujum sodir bo‘lgan holat videosi Arnold Shvarseneggerning Twitter dagi sahifasida e’lon qilingan.

“Kim menga zarba berganini xuddi siz kabi videoni ko‘rgandagina angladim.  Men bu ahmoqning suratga olishimga xalal berolmaganidan xursandman”, deb yozgan Arnold Shvarsenegger.

Yana bir videoda aktyor ushbu musobaqa davom etayotgan vaqtda bir o‘zi hech kimning yordamisiz sport zalidan chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Amerikalik aktyorga hujum qilgan kimsa xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va zaldan olib  chiqib ketilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing