Janubiy Koreya O‘zbekistondagi bog‘chalarga 2000 ta pianino yetkazib berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida qator muhim kelishuvlarga erishilgan edi.

Xususan, “BooyoungHousingCo LTD” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari uchun 2000 dona zamonaviy raqamli pianinoni beg‘araz yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolangan.

Binobarin, o‘tgan yildan ana shunday musiqa asboblarini O‘zbekistonga yuborish boshlandi.

Bugun raqamli pianinolarning oxirgi turkumi qabul qilib olindi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi vazirlari, pedagoglar, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar, qolaversa, “BooyoungHousingCo LTD” kompaniyasi rahbariyati vakillari ishtirok etdilar.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin “BooyoungHousingCo LTD” kompaniyasi, xususan, uning prezidenti Li Jong Keunga o‘zbekistonlik bolalarga innovatsion cholg‘u sozlarini taqdim etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur loyiha maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga badiiy-estetik tarbiya va musiqa ta’limini berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, zamonaviy raqamli pianinolar hozirgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi MTMlarga yetkazib berildi va bu jarayon boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

Bu esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusdan biri —  yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Janubiy Koreya

Baholaganlar

5

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing