Jizzaxda ota bolasining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Jizzaxda erkak Koreyada ishlayotgan turmush o‘rtog‘iga achchiq qilib, videoqo‘ng‘iroq paytida o‘z bolasining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ombudsmanga Jizzax viloyatida yashovchi B.O. nabirasiga otasi tomonidan bosim va zo‘ravonlik qilinayotgani bo‘yicha murojaat qilgan. Murojaatchi qizi K.S.ning 2022 yildan buyon Koreyada ishlayotganini, uning 8 yoshli o‘g‘li esa erining qaramog‘ida qolganini yozgan. Murojaatga ilova qilingan videoyozuvda er-xotin videoqo‘ng‘iroq orqali janjallashganida, ota o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiragani aks etgan.

Murojaat darhol Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, holat uning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganilgan. Aniqlanishicha, hozirda fuqaro K.S.ning voyaga yetmagan o‘g‘li buvisi bilan yashamoqda. Bola bilan suhbat o‘tkazilganda, ota-onasi o‘rtasidagi salbiy munosabatdan norozi ekanligini, otasi bilan yashashni xohlamasligi hamda buvisi bilan qolishni istashini bildirgan. Shundan so‘ng fuqaro K.S.ning voyaga yetmagan o‘g‘liga buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

"Voyaga yetmagan farzandiga qilgan harakati uchun otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman Jizzax qo'rqitish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing