Jorj Floydni o‘ldirgan sobiq politsiyachi qamoqxonada pichoqlab ketildi

Olam

image

Uch yil muqaddam, 2020 yilning 25 may kuni AQSHning Minnesota shtatidagi Minneapolis shahrida politsiya xodimi Derek Shovin afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olib, 7 daqiqa davomida uni yuzi bilan yerga yotqizib, bo‘ynidan bosib turishi natijasida u vafot etgandi. Buning ortidan esa mamlakat bo‘ylab irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlanib ketgandi.

"Reuters" agentligi qora tanli Jorj Floydni o‘ldirishda ayblangan sobiq politsiyachi qamoqxonada pichoqlab ketilgani haqida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qamoqxona xodimlari unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga jo‘natgan. Hodisaga xavfsizlikni ta’minlashdagi kamchiliklar va xodimlar yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu ushbu jazoni ijro etish muassasidagi bir yil ichida sodir bo‘layotgan ikkinchi voqea hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Floyd irqchilik politsiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made