Haj–2026: O‘zbekistonliklar qachondan ziyoratga borishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2026 yilgi Haj mavsumi 2 maydan boshlanadi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan 18 mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. 

Ziyoratchilar uchun 9 ta hududdan – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz amalga oshiriladi.

Ularni Madina shahriga yetkazish Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, olib kelish esa, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.

Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda:

  • ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, meningit kasalligiga qarshi emlandi;
  • rasmiy haj vizalari va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlandi;
  • ziyoratchilarga guruh rahbarlari biriktirilib, safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda, Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan Haj – 2026 mavsumi ilk ishchi guruhlari hamkor tashkilotlar bilan birga mehmonxonalar, Mino va Arofot vodiylarida ziyoratchilar ibodatlarini bekamu ko‘st ado etishi uchun munosib sharoitlar tayyorlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj va Umraga borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilanishi habar qilingandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Haj–2026 Musulmonlari idorasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing