“Elektron retsept” tizimi bekor qilinadimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi bekor qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 dekabrdagi 25-son buyrug‘ida  “Elektron retsept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, birinchi bosqichda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi belgilangan. 

Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da joylashgan barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga to‘liq o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan bog‘liq jarayonlar bundan mustasno.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Elektron retsept

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing