Hindistondagi toshqin butun bir qishloqni vayron qildi (video)
Olam
−
05 avgust 7265 1 daqiqa
Hindistonning shimolidagi Uttarkashi shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida toshqin yuzaga keldi va u butun bir qishloqni butkul vayron qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, yog‘ingarchilik Uttarkashi shahrida halokatli toshqinga olib kelgan. Suv oqimlari Dxarali qishlog‘ini yuvib ketgan, u yerda sayyohlar uchun mehmonxonalar va qariyalar uylari joylashgan edi. Qishloq vayronalari ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. Hozirda 12 kishi bedarak yo‘qolgan, 4 kishi vafot etgan.
Hodisadan biroz avval Uttarkashi politsiyasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Harshil hududida suv sathi oshgani sababli katta zarar yetishi mumkinligini ma’lum qilgan. Mutaxassislar aholini suv havzalaridan uzoqroq yurishga chaqirgan.
Hokimiyat halok bo‘lganlar va jabrlanganlar sonini aniqlashtirmoqda. Hindiston Ichki ishlar vaziri Amit Shohning topshirig‘iga binoan, falokat ro‘y bergan hududga qutqaruv amaliyotini o‘tkazish uchun harbiy politsiya bo‘linmalari va tezkor kuchlar yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning sharqiy hududlarida kuchli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kamida 33 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi