Aroqchi Turkiyada qulagan raketaning Eronga aloqasi yo‘qligini aytdi
Olam
−
10 mart 3156 1 daqiqa
Bugun, 10 mart kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Hoqon Fidan suhbat davomida Turkiya havo hududining buzilishi qabul qilinmasligini aytib, Turkiya bunga qarshi barcha zarur choralarni davom ettirishini bildirgan. Shuningdek, Fidan barcha tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yishi va fuqarolarga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi kerakligini ta’kidlagan.
Vazir Aroqchi esa Turkiya havo hududiga yo‘naltirilgan raketalar Eronga aloqasi yo‘qligini va bu masala bo‘yicha keng qamrovli tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qilgan.
Qayd etish joiz, oldinroq Turkiya osmonida Erondan uchirilgan ballistik raketa yo‘q qilingandi. Shundan so‘ng Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qo‘shnilaridan uzr so‘radi va hujumlarni to‘xtatishga va’da berdi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan esa Eronni keskin ogohlantirgan edi.
Keyinroq Erondan yana bir marta Turkiya tomonga ballistik raketa yo‘naltirildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an holat yuzasidan munosabat bildirib, Tehronni xato qilishdan tiyilishga va qaysarlik qilmaslikka chaqirdi.
Live
Barchasi