1 iyuldan elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish uchun texnik shart olish yengillashadi
Jamiyat
−
14 aprel 20942 2 daqiqa
Qurilish qilayotganlarga elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanishda 1 yuldan boshlab yengillik beriladi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.
“Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt”, deydi davlat rahbari.
Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflayotgani tanqid qilindi.
Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaygan. Ushbu tajribani 1 iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.
Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1 iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Live
Barchasi