Bugun Shavkat Mirziyoyev san’at vakillari bilan uchrashadi
Madaniyat-san’at
−
01 iyun 3374 1 daqiqa
Bugun, 1 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlari bilan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shuningdek, davlat rahbari ishtirokida madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.
Live
Barchasi