“193 ga 193”: Rossiya va Ukraina asir almashdi (video)

Olam

image

Kecha, 24 aprel kuni Rossiya va Ukraina bir oy ichida ikkinchi bor asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Natijada Rossiya tomoni 193 nafar harbiy xizmatchini qaytardi, shuncha miqdordagi asir Ukraina tomoniga topshirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ssirlarni qaytarishda BAA va AQSH ko‘mak ko‘rsatgan. Hozirda rossiyalik harbiylar Belarus hududida bo‘lib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Keyinroq ularning barchasi davolanish va reabilitatsiya uchun Rossiyaga yetkaziladi.

Almashinuv bo‘lib o‘tgani haqida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoniga Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari, Milliy gvardiya va Milliy politsiya jangchilari, shuningdek, chegarachilar topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi almashinuv ikki hafta avval, Pasxa bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda jarayon “175 ga 175” formati bo‘yicha o‘tkazilgan. Harbiylardan tashqari, tomonlar bir-biriga yetti nafardan tinch aholi vakillarini ham topshirgan. O‘shanda Kursk viloyati fuqarolarining oxirgi guruhi – barchasi Sudja tumanidan bo‘lgan besh ayol va ikki erkak Rossiyaga qaytgan.

Asirlar qaytarilishidan ikki kun avval Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari bilan ham almashgan edi. Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevning RBKga ma’lum qilishicha, Ukraina tomoniga 1000 nafar, Rossiya tomoniga esa 41 nafar halok bo‘lgan harbiyning jasadi topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina asir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing