2025 yilda aviahalokatlarda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi
Bu qiziq
−
03 yanvar 3074 1 daqiqa
2025 yilda aviahalokatlar oqibatida 418 kishi vafot etgan. Bu haqdagi ma’lumotlar butun dunyo bo‘yicha fuqarolik aviatsiyasidagi hodisalarni jamlab boruvchi “Aviation Safety Network” portalida keltirilgan.
Monitoringda kamida 14 kishini sig‘dira oladigan samolyotlar hisobga olingan. Ushbu statistikaga ko‘ra, 2025 yilda aviatsiya hodisalarida 352 nafar yo‘lovchi, 33 nafar ekipaj a’zosi va 33 nafar boshqa shaxs halok bo‘lgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilga (334 qurbon) nisbatan yuqori, biroq 50 yil avvalgiga qaraganda ancha past. 1970 yillarda parvoz paytida halok bo‘lish ehtimoli 264 mingdan 1 bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 11 million 459 ming 330 tadan 1 ni tashkil etadi. Shu bilan birga, o‘sha davrdan buyon aviayo‘lovchilar soni qariyb 10 baravar oshib, yiliga 4,7 milliard kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yildagi eng yirik aviatsiya halokati Hindistonning Ahmadobod shahrida Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787-8 Dreamliner samolyotining qulashi bo‘lgan edi. O‘shanda 260 kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi