26 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka olib ketayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent xalqaro aeroportida 26 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka olib ketayotgan ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan qizni xorijga olib borib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan. U o‘z maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachipta xarid qilib berib, keyinchalik ishlab topadigan mablag‘ining yarmini doimiy ravishda berishini talab qilgan. 

Bildirilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Turkiyaga aldanib, fohishalik uchun ketayotgan ayol to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing