Namanganda qizlarni fohishalikka jo‘natib kelganlar ushlandi
3-sahifa
−
02 may 3347 1 daqiqa
Namangan viloyatida ayollarni xorijga olib chiqib, fohishalikka jalb qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 aprel kuni viloyatning Pop tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida Davlatobod tumanida yashovchi ayrim ayollar o‘zlarini turli ismlar, jumladan Nargiza, Maftuna va Malika deb tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirib olgan.
Tergovda aniqlanishicha, jinoiy sxemada vositachilar orqali asosan yosh, turmushdan ajragan va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar nishonga olingan. Guruh xorijda yashovchi sheriklari orqali ayollarni ish va yuqori daromad va’dasi bilan aldab, ularni chet elga olib chiqish va fohishalikka jalb qilish bilan shug‘ullangan.
Tezkor tadbir o‘tkazilgan pytda ham 2001 yilda tug‘ilgan ayolni Hindistonga fohishalik uchun yuborishga urinish vaqtida jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 24 yoshli ayol aldov yo‘li bilan bir fuqaroni Dubayga olib ketayotgan vaqtda to‘xtatib qolingandi.
Live
Barchasi