40 yoshli Noyer YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
10 aprel 1127 1 daqiqa
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Yevropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Bu haqda UEFA Chempionlar ligasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi.
40 yoshli posbon “Real Madrid”ga qarshi o‘yinda 9 bor seyv qildi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi. Noyerdan tashqari ushbu sovringa “Pari-Sen Jermen” hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya, “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares va “Arsenal” darvozaboni David Raya da’vogarlik qildi.
Shuningdek, UEFA hafta ramziy jamoasini ham e’lon qildi. Unda “Bavariya” safidan Noyer, Stanishich va Kimmix, PSJ safidan Markinios, Ruben Neves va Kvaratsxeliya, “Atletiko Madrid”dan Le Normand va Alvares, “Barselona”dan Lamin Yamal va “Sporting” safidan Arauxo joy oldi.
Ma’lumot o‘rnida, “Bavariya” – “Real Madrid” o‘rtasidagi javob o‘yini 15 aprel kuni tunda Myunxendagi “Allian Arena” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi