YeCHLning dastlabki finalchisi aniqlandi
Sport
−
06 may 3900 1 daqiqa
Kecha, 5 may kuni UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning “Arsenal” jamoasi Madridning “Atletiko Madrid” klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuv har ikki jamoaning qarama-qarshi hujumlari ostida kechdi. Uchrashuvdagi yagona gol 44-daqiqada Bukayo Saka tomonidan kiritildi. Shundan so‘ng madridliklar hisobni tenglashtirish uchun bir nechta hujumlar uyushtirdi, biroq “kanonirlar” himoyada ishonchli harakat qilib, hisobni saqlab qoldi.
Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan “Arsenal” finalga yo‘l oldi. Ikkinchi finalchi nomi bugun, 6 may kuni “Bavariya” va PSJ to‘qnashuvidan keyin aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, 2025–2026 yilgi Chempionlar ligasi final uchrashuvi joriy yilning 30 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi