6-sinf qizni zo‘rlaganlikda 53 yoshli o‘qituvchi gumonlamoqda
3-sahifa
−
30 mart 10434 1 daqiqa
Avvalroq, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi voyaga yetmagan 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabar berilgandi. 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda 53 yoshli o‘qituvchi gumonlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 28 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro H.D. tuman Ichki ishlar bo‘limiga (IIB) murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi – 2013 yilda tug‘ilgan qizi O.O. tumandagi umumta’lim maktabi 6-sinfda o‘qishi, mazkur maktabning o‘qituvchisi – 1973 yilda tug‘ilgan erkak T.Sh. uning farzandiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi T.Sh. protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq pedofillarga umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasi 3 oy muddatda ishlab chiqilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel