8 mart munosabati bilan xotin-qizlarga pul beriladi. Turkmanistonda!
Olam
−
25 fevral 26184 1 daqiqa
Turkmanistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar va qizlarga davlat rahbari nomidan pul sovg‘alari topshiriladi. Bu haqda “Turkmanistan: Zolotoy vek” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkmaniston Prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi 1152-sonli “Mamlakatimiz ayollariga Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul sovg‘alarini topshirish to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish yuzasidan Serdar Berdimuhamedov farmoyish imzolagan.
Hujjatga muvofiq, 2026 yil 2–6 mart kunlari Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali ravishda Turkmaniston Prezidenti nomidan 60 manat miqdorida pul sovg‘alari topshiriladi. Bu rasmiy kurs bilan taxminan 17 dollarni, qora bozor kursida esa 3 dollarni tashkil qiladi.
Mazkur pul sovg‘alari mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar va qizlarga, shuningdek pensiya va davlat nafaqalarini olayotganlarga, ishlab chiqarishdan ajralgan holda aspirantura, doktorantura va klinik ordinaturada tahsil olayotganlarga, Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasida o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan kurs tinglovchilariga, talaba qizlar, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga beriladi.
Live
Barchasi