Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra, mamlakatda mo‘’tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlanadi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan

  • Hosiyat Bobomurodova - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Bernara Raximovna Kariyeva - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
  • Moyra Nabiyevna Toshova - Buxoro shahridagi «Shayxul Olam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
  • Klara Bekpo‘latovna Toshpo‘latova - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
  • Muqaddas Shomahsudovna Xoliqova - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Juzimgul Matekovna Abdrasuliyeva - Chimboy tumanidagi “Gujimli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
  • Zafara Jumabayevna Aliyeva - O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti
  • Nasiba Muratovna Axmedjanova – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi
  • Zarifa Nishonovna Ahmedova - Sharof Rashidov tumanidagi «Zomin asali» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Narziniso Mirzoyevna Boqiyeva - Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Barno Saitnazarovna Berdiyeva - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
  • Jamila Xolmurodovna Bobanazarova - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator
  • Nadejda Vasilevna Bryuxovetskaya – “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i
  • Muxabbat Jabborovna Daminova - Sariosiyo tumanidagi “Orzu Daminzoda” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • Dinara Ravilevna Ziganshina - Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori
  • Oliya Xojamberdiyevna Ibragimova – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
  • Feruza Baxtiyorovna Karimova - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i
  • Irina Aleksandrovna Matviyenko – “Nemolchi.uz” ijtimoiy loyihasi rahbari
  • Umida To‘lqinovna Muxiddinova - Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
  • Nasiba Sharipovna Ro‘zmetova - Xiva tumanidagi “Qo‘shchi kattabog‘” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati
  • Nigoraxon Qurbonaliyevna Ubaydullayeva - Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Gulchehraxon Shokirovna O‘runboyeva - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati
  • Muattar Qobiljonovna Hamrayeva - Chilonzor tumanidagi “Gavhar” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oqila ayollar” harakati rahbari, Toshkent shahri.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Feruza Soibjanovna Odilova – “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri
  • Gulchexra Olimovna Ashirova - Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori
  • Dilbar Boboqulovna Imomova - Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
  • Barno Patxullayevna Karimova - Toshkent shahridagi “Iffatli kelin” o‘quv markazi ta’sischisi
  • E’tiborxon Abduraufovna Rahmonova - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi
  • Soliha Dusanovna To‘rayeva - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati
  • Xurinisa Sharapovna Usmonova - Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati.

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Nilufar Ismatovna Abdullayeva - Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati
  • Nigora Fattoxovna Qambarova - Shahrixon tumanidagi «Shahrixon» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati
  • Elvira Sabriyevna Mansurskaya - Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati
  • Barno Farhodovna Muhammedova - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Yuliya Leonidovna Boboyeva - Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi
  • Jamila Seylbek kizi Kuanishova - Uchquduq tumanidagi «Qulquduq» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
  • Muxoyyoxon Yoqubjonovna Pazilova - Farg‘ona viloyati «Miss fitness» ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari
  • Xurshida Narzullayevna Xoliqova - Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Sadbaroy Axatovna Jumayeva - Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • Iroda Xotam qizi Ismoilova - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Mahliyoxon Azizjon qizi Muksinova – “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari
  • Madina In’omjon qizi Muxtorova - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati.

“Shuhrat” medali bilan

  • Shaxnoza Abduganiyevna Abduvohidova – “UZINFOCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori
  • Zarnigor Shuxratovna Azimova - Navbahor tumanidagi «Beshrabot» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati
  • Yulduzxan Yo‘ldshovna Otajonova - Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Muqaddas Matyoqubovna Otayeva - Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati
  • Gulsara Yesenovna Berdimbetova - Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Oychiroq Ravshanbekovna Bo‘ronova - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Flowers Anya” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Zulayxo Bo‘tayeva - Boyovut tumanidagi “Boyovut agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
  • Inobat Yo‘ldosh qizi Bo‘tayeva - Chiroqchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
  • Noyira Rahimovna Vohidova - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri
  •  
  • Nilufar Davronovna Jo‘rayeva - Boysun tumanidagi «Dream’s Shahrinaz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati
  • Nazira Saloxiddinovna Zohidova - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati
  • Tamila Alisherovna Ikromova - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “Axborot” bosh muharririyati katta muharriri
  • Noila Mexrojovna Qambaridinova - Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
  • Osiyo Mirzali qizi Qudaybergenova - Zangiota tumani “Farobiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
  • Malika Mamatmuratovna Qudratova - O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
  • Naibaxon Saydaminovna Mamadaliyeva - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi
  • Gulbahorxon Ahmedovna Mamatqulova - Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati
  • Kunel Ilyosovna Masimova - Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
  • Zeboxon Rixsiboyevna Mo‘minova - Yunusobod tumanidagi “Nova school” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri
  • Lobarxon Xolmatovna Normatova - Rishton tumanidagi “Furqat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Yelena Gennadevna Sozikina - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
  • Gulchehra Qorabekovna Toshboyeva - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
  • Gulandon Boltobayevna Xolboyeva - Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati
  • Malohat Xaydarovna Xunarova - Angren shahridagi “Oydin central service” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Salima Jo‘rayevna Xuramova - G‘uzor tumanidagi “G‘uzor qorako‘lchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
  • Laylo Frunzeyevna Sharipova - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
  • Gulsara Tursunbayevna Shermatova - Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi
  • Shaxnoza Agzamovna Ergasheva - Qibray tumanidagi “Po‘lat qadam” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati
  • Salomat Almardonovna Esanova - Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Sayhon” oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati
  • E’tiborxon Abduxalilovna Yunusova - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati.

Maqola muallifi

Teglar

8 mart xotin-qizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing