AQSH Grenlandiya bo‘yicha “hayratlanarli” kelishuv ustida ishlamoqda

Olam

image

AQSH ma’muriyati NATO va Grenlandiya bilan hamkorlikda Qo‘shma Shtatlar uchun “hayratlanarli” bo‘lgan kelishuv ustida ishlamoqda. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib, “The New York Times”gazetasi xabar berdi.

Gazeta ushbu Oq uy sharhini Daniya teleradiokompaniyasi Grenlandiyadagi “maxfiy ta’sir o‘tkazish operatsiyalari” bilan bog‘lagan uch nafar amerikalik haqidagi materialda keltirmoqda. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, gap tadbirkor Dryu Xorn, Arktikani tadqiq qilish bo‘yicha federal komissiyaning sobiq a’zosi Tomas Dens va Donald Trampning maslahatchisi Kris Koks haqida bormoqda. Nashrning yozishicha, ularning uchalasi ham AQSH manfaatlarini ochiq-oydin ilgari surganliklarini bildirishgan.

Ulardan kamida ikki nafari orolga tashrifi davomida Daniya razvedkasi kuzatuvi ostida bo‘lgan. Shuningdek, gazeta AQSH ma’muriyati 31 yanvar kuni Grenlandiyaning kelgusi maqomi bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qilganini va ham AQSH, ham Yevropa uchun manfaatli kelishuvdan umidvor ekanini bildirganini eslatib o‘tgan.

Grenlandiya Daniya Qirolligining tarkibiy qismi hisoblanadi, biroq 2009 yilda o‘zini o‘zi boshqarish huquqi bilan muxtoriyat maqomini olgan. Shunga qaramay, AQSH Prezidenti Donald Tramp orol Qo‘shma Shtatlarning bir qismi bo‘lishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.

5 yanvar kuni Tramp o‘z mamlakati milliy xavfsizligini ta’minlash maqsadida Grenlandiya hududi ustidan nazorat o‘rnatish rejalarini e’lon qildi. Daniya Mudofaa vazirligi esa orolga bostirib kirilgan taqdirda munosib javob qaytarishga va’da berdi.

O‘tgan yilning mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning Grenlandiyani AQSHga qo‘shib olish rejasi jiddiy ekanini aytgan edi.

Bundan avval AQSH Kongressi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatning oldini olish uchun Grenlandiya bo‘yicha har qanday kelishuvni nazorat qilishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh kelishuv Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing