AQSH Qozog‘iston osmonida noma’lum jism uchgani haqida ma’lumotlarni e’lon qildi
Olam
−
13 may 8114 1 daqiqa
AQSH Urush vazirligi o‘z rasmiy sahifasida 1994 yil 27 yanvar kuni Qozog‘iston osmonida noma’lum uchuvchi jism kuzatilgani haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik sahifasida Tojikistondagi AQSH elchixonasidan Davlat kotibiga yuborilgan diplomatik telegramma chop etilgan. Unda Boeing 747 samolyoti uchuvchisi hamda AQSHning 3 nafar fuqarosi Qozog‘iston ustida 41 ming fut balandlikda uchayotgan noma’lum jismni kuzatgani haqida aytilgan.
Hodisa paytida jism juda kuchli yorug‘lik taratgan va sharq tomondan ufqqa tomon nihoyatda katta tezlikda hamda ancha balandlikda yaqinlashgan. Olingan suratlarda uchuvchi jism 90 darajali burilish qilgani, aylana bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlangani va keskin manyovrlar bajargani ko‘ringan.
“Jism parvoz paytida o‘qqa o‘xshagan. Vizual kuzatuvga ko‘ra, undan qolgan izlar 100 ming fut balandlikda bo‘lgan. Bu esa oddiy samolyotlar iz qoldirishi mumkin bo‘lgan balandlikdan ancha yuqori”, deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp va’da qilgan noma’lum uchar jismlar haqidagi fayllarni nashr etish boshlangandi.
Live
Barchasi