AQSH senatorlari minglab afg‘onlarni Afrikaga yubormaslikka chaqirdi

Olam

image

AQSH senatorlari mamlakat Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini afg‘onistonliklarni Kongo Demokratik Respublikasiga (KDR) ko‘chirish rejasidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda 22 nafar senatorning Davlat kotibi Marko Rubioga yuborilgan maktubida so‘z boradi.

Marko Rubioga yozilgan maktubda senatorlar bu reja haqida chuqur xavotir bildirgan. Senatorlarning ta’kidlashicha, bu odamlar AQSH harbiylari bilan birga tarjimon, maxsus operatsiyalar xodimi va yordamchi sifatida ishlagan. Ularni KDRga yuborish “shafqatsizlik va xiyonat” bo‘ladi.

“Amerika o‘z ittifoqchilariga va’da bergan. Ular bizning o‘g‘il-qizlarimiz bilan birga jang qildi va Amerika ularni tashlab ketmasligiga ishongan”, deyiladi maktubda.

Shuningdek, xatda aytilishicha, ularning ko‘pi AQSH tomonidan 20 yil davomida tekshiruvdan o‘tgan va 2021 yilda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng AQSHga ko‘chirish va’da qilingan.

Buning o‘rniga ular hozir ikki yomon tanlov oldida qolmoqda:

  • Afg‘onistonga qaytish (ta’qib va xavf ostida qolish);
  • Urush va gumanitar inqirozdan aziyat chekayotgan KDRga yuborilish.

Hozir Qatardagi 1100 dan ortiq afg‘on qochqinlari noaniq holatda qolmoqda. Ular orasida tarjimonlar, maxsus kuchlar a’zolari va ularning oilalari bor. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyatining ushbu harakati AQSH siyosatchilari tomonidan keskin tanqid qilingan.

“Men bu haqda bilmayman, tekshirib ko‘raman,” deya go‘yoki bundan xabari yo‘qdek munosabat bildirgan Tramp.

Senatorlar ma’muriyatni afg‘on qochqinlarini majburan boshqa davlatga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga va AQSHga yordam berganlarga bergan va’dalarini bajarishga chaqirgan. AQSH Davlat departamenti afg‘onlarni KDRga ko‘chirish rejasi borligini hozircha rasman tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp 2001–2021 yillardagi Afg‘onistondagi urush vaqtida AQSHga yordam bergan 1000 dan ortiq afg‘onistonlikni Kongo Demokratik Respublikasiga (KDR) deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kongo Demokratik Respublikasi senatorlar afg'onistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing