AQSH yaqin kunlarda Eronning boyitilgan uranini o‘g‘irlamoqchi – NYT

Olam

image

AQSH va Isroil kelgusi haftadayoq Eronga qarshi aprel oyida sulh e’lon qilinganidan keyin to‘xtatib qo‘yilgan harbiy operatsiyani qayta boshlashga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan harakat variantlaridan biri – yer ostida yashirilgan yadroviy materiallarni qidirib topish uchun Eronga AQSH maxsus qo‘shinlarini yuborish hisoblanadi. 

Qayd etilishicha, ushbu ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar Isfahondagi yadroviy ob’ektda joylashgan, Eronning yuqori darajada boyitilgan uran omboriga qarshi qaratilgan operatsiyaga jalb etilishi mumkin. Biroq bunday harakat muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun qo‘shimcha ravishda minglab ta’minot va ko‘makchi harbiy xizmatchilar talab etiladi. Ular “xavfsizlik perimetri”ni shakllantirishi kerak va Eron qo‘shinlari bilan bevosita janglarga kirishishi mumkin.  

Amerika ma’muriyati vakillarining bildirishicha, agar Tehron bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolsa, voqealar rivojining yana bir varianti sifatida Eron harbiy va infratuzilma ob’ektlarini “yanada agressiv tarzda bombardimon qilish” ko‘rilmoqda.

“AQSH harbiy rahbariyati fuqarolik yetakchilarimiz uchun bir qator harakat variantlarini saqlab qolishda davom etmoqda”, deydi Qurolli kuchlar shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari, general Den Keyn. 

General Tramp aynan qanday harbiy harakatlarni amalga oshirmoqchi ekanini oshkor qilmagan, biroq may oyi boshida u 50 000 dan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilar, ikkita aviatashuvchi kema, AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining 10 dan ortiq esminetsi va o‘nlab jangovar samolyotlar “agar tegishli buyruq berilsa, Eronga qarshi yirik harbiy harakatlarni qayta boshlashga tayyor turganini” ta’kidlagan.

Hozirgi vaqtda Yaqin Sharqda “ko‘rsatma kutib” 5000 nafar amerikalik dengiz piyodalari va 82-havo-desant elita diviziyasining 2000 nafar desantchisi turibdi. Harbiy mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘shinlar Isfahonda Eron yadroviy materiallarini qo‘lga kiritish operatsiyasini o‘tkazishi, jumladan, operatsiya ma’qullangan taqdirda yerosti bunkerlariga kirishi kerak bo‘lgan jangchilarni himoya qilish uchun xavfsiz perimetrni ta’minlashi mumkin. Shuningdek, ushbu qo‘shinlardan Eron neft eksportining markazi hisoblangan Xarg orolini egallash uchun ham foydalanilishi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Eronning urushni to‘xtatish bo‘yicha takliflarini rad etgani va avvalgidek bosim o‘tkazish pozitsiyasini saqlab qolgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron uran Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing