Angliya Xorvatiyani mag‘lub etdi
Sport
−
02:55 3322 2 daqiqa
Bugun, 18 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati “L” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Angliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Murosasiz kechgan bahsda inglizlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 12-daqiqada ochildi. Angliya hujumchisi Harri Keyn belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
36-daqiqada xorvatlar yarim himoyachisi Martin Baturina hisobni tenglashtirdi. Biroq birinchi bo‘lim yakuniga yaqin, 42-daqiqada Harri Keyn dubl qayd etib, Angliyani yana oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+5-daqiqada Petar Musa gol urib, hisobni yana tenglashtirdi va jamoalar tanaffusga 2:2 hisobi bilan yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Angliya yana tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. 47-daqiqada Jud Bellingem gol urib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Uchrashuvga nuqtani esa 85-daqiqada Markus Reshford qo‘ydi. U Angliyaning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi va o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Angliya terma jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, “L” guruhida peshqadamga aylandi.
Angliya terma jamoasi guruh bosqichining 2-turida 24 iyun kuni Ganaga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi turda esa 28 iyun kuni Panama bilan bahs olib boradi.
Xorvatiya terma jamoasi 24 iyun kuni Panamaga qarshi o‘ynaydi.Xorvatlar guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 28 iyun kuni Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi