Fayzullayev tarixga kirdi
Sport
−
08:39 7168 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev mamlakat futbol tarixidan o‘rin oldi. U 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Kolumbiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritib, O‘zbekistonning mundiallardagi ilk goli muallifiga aylandi.
Fayzullayev Kolumbiyaga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi birinchi golini o‘z nomiga yozib qo‘ydi.
Shu tariqa, 21 yoshli futbolchi mamlakat futbolining eng muhim sahifalaridan birida o‘z nomini muhrlab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev 2023 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida harakat qilib kelmoqda. U milliy jamoa tarkibida 25 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, bir nechta gol va golli uzatmalarga mualliflik qilgan.
Fayzullayev 2023 yilgi U-20 Osiyo kubogi va Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroklari orqali ham o‘zini namoyon qilgan.
Live
Barchasi