“Siti” “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov to‘liq o‘ynadi

Sport

image

Bugun, 4 aprel kuni Angliya kubogi chorak final uchrashuvidan o‘rin olgan “Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvi yakuniga yetdi. Abduqodir Husanov o‘yinda to‘liq harakat qildi.

Bellashuvning 38-daqiqasiga kelib mezbonlar foydasiga penalti belgilandi va 11 metrlik nuqtadan Erling Holand adashmadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Holand bosh bilan Mamardashvili qo‘riqlayotgan darvozani yana bir bor ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlashi kutilgan Arne Slot shogirdlari taym boshidayoq uchinchi bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi – Antuan Semeno 50-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan 8 daqiqa o‘tib Holand bahsdagi o‘zining uchinchi, jamoasining esa o‘yindagi to‘rtinchi golini kiritdi. 64-daqiqaga kelib “Siti” darvozasi tomon penalti belgilandi va Salohning ijrosini “shaharliklar” posboni Jeyms Trafford bartaraf etdi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va “Manchester Siti” yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
 
Uchrashuvda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov “SofaScore” tomonidan 7.5 ballga loyiq ko‘rildi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Siti Liverpul' Angliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing