APLda 20 tur keskin kurashlarga boy bo‘ldi
Sport
−
05 yanvar 1291 3 daqiqa
Kecha, 4 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tur doirasida musobaqa peshqadami “Arsenal” safarda “Bornmut” ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Manchester Siti” esa o‘z maydonida “Chelsi”ga qarshi bahsda g‘alabaga erisha olmadi. Shuningdek, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham o‘z uchrashuvlarini durang natija bilan yakunladi.
“Nottingem Forest” 1:3 “Aston Villa”
Ketma-ket g‘alabalar qayd etib kelayotgan Unai Emeri shogirdlari uchrashuv davomida tashabbusni to‘liq qo‘lga oldi. Olli Uotkinsning goli va Jon Makginnning dubli evaziga mehmonlar ishonchli hisobdagi g‘alabaga erishdi.
“Brayton” 2:0 “Byornli”
“Brayton” o‘z maydonida to‘p nazoratida ustunlik qilib, bahsni to‘liq o‘z foydasiga o‘tkazdi. “Byornli” esa hujumdagi imkoniyatlaridan foydalana olmadi.
“Vulverxempton” 3:0 “Vest Hem”
Turnir jadvali quyi pog‘onalarida joylashgan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda zafar quchdi. Ushbu g‘alaba “Vulverxempton” uchun mavsumdagi ikkinchi yutuq bo‘ldi.
“Bornmut” 2:3 “Arsenal”
Keskin va dramatik kechgan bahsda “Arsenal” safarda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Gabrielning goli va Deklan Raysning dubli londonliklarga g‘alabani taqdim etdi.
“Lids Yunayted” 1:1 “Manchester Yunayted”
Prinsipial kurashlarga boy derbida tomonlar durang natijaga rozi bo‘ldi. Uchrashuvdagi gollarga Aaronson va Mateus Kunya mualliflik qildi.
“Brentford” 4:2 “Everton”
Gollarga boy kechgan bahsda “Brentford” hujumkor o‘yini evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natija jamoaga turnir jadvalida kuchli beshlikka yaqinlashish imkonini berdi.
“Nyukasl Yunayted” 2:0 “Kristal Pelas”
“Nyukasl” intizomli o‘yin va tezkor qarshi hujumlar orqali o‘z maydonida muhim g‘alabaga erishdi. Mezbonlar safida Bruno Gimaraesh va Malik Tiav gol mualliflariga aylandi.
“Sanderlend” 1:1 “Tottenxem”
Uchrashuvda “Tottenxem” ko‘proq golga yaqin imkoniyatlar yaratdi. 30-daqiqada Ben Devis hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Brayan Brobbeyning goli bahs taqdiri durang bilan yakunlanishiga olib keldi.
“Liverpul” 2:2 “Fulxem”
Yuqori sur’atda kechgan bahsda har ikki jamoa g‘alabaga yaqin bo‘ldi. Qo‘shimcha daqiqalarda Gakponing goliga ortidan ko‘p o‘tmay Xarrison Rid javob qaytarib, tomonlarga bir ochkodan nasib etdi.
“Manchester Siti” 1:1 “Chelsi”
Turning markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” o‘z maydonida murabbiysiz qolgan “Chelsi”ni qabul qildi. Bahs davomida ustunlik qilgan mezbonlar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. 51-daqiqada Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga tushib, uchrashuv oxiriga qadar harakat qildi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida Londonning “Arsenal” jamoasi 48 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Manchester City” 42 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Aston Villa” ham 42 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan. Angliya Premer-ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 7 yanvar sanasidan boshlanadi.
Live
Barchasi